Ish e’lonlari
BEMOR QABUL QILISH VA RO‘YXATGA OLISH HAMDA TAQDIMOT-MARKETING BO‘YICHA XODIM
Toshkentda joylashgan laboratoriyamizda ishlashi uchun BEMOR QABUL QILISH VA RO‘YXATGA OLISH hamda TAQDIMOT-MARKETING BO‘YICHA XODIM ishga olinadi.
ISH TAVSIFI - BEMOR QABUL QILISH VA RO‘YXATGA OLISH
Bemorlarni kutib olish, qabul qilish, ma’lumot berish va yo‘naltirish, bemorlarning ro‘yxatlarini tutish va arxivlash, naqd pul yoki kredit karta bilan to‘lovlarini qabul qilish, kassa hisobini yuritish, hisob-fakturalarni to‘ldirish, banklar va boshqa muassasalar bilan aloqalarni olib borish.
ISH TAVSIFI – TAQDIMOT-MARKETING
Sohadagi yangi biznes imkoniyatlarini kashf qilish va tavsiya etish, sotish imkoniyatlarini belgilash va tahlil qilish, mijozlar va ehtimoliy mijozlar bilan aloqa o‘rnatish va olib borish, trendlardan yuqorida bo‘lish uchun o‘zgarishlarni belgilash yoki yangi mahsulotlarni tavsiya qilish uchun raqobatchilarni kuzatish va tanib olish, ma’lumot yig‘ish va tahlil qilish, ma’lumot va sotish hisobotlarini tayyorlash, professional tarmoqlarni yaratish va davom ettirish.
KERAKLI MALAKA VA XUSUSIYATLAR
- Iloji boricha kamida kollej bitiruvchisi
- Rus yoki ingliz tilini yaxshi biluvchi
- Kamida bir yillik shunga o‘xshash tajribasi bor
- Iloji boricha biror xususiy kasalxona yoki klinikada ishlagan
- MS Office dasturlarida ishlay oladigan
- Ochiq yuzli va do‘stona munosabatda bo‘ladigan
- Og‘zaki va yozma muloqot qobiliyati rivojlangan
- Ta’sir ko‘rsatish va ishontirish qobiliyati yuqori bo‘lgan
- Bemor va bemor yaqinlarining mamnuniyatini e’tiborga oluvchi
- Yuqori ish motivatsiyasiga ega va ishini yaxshi ko‘ruvchi
- Rejalashtirish va tashkillashtirish qobiliyatiga ega
- Amaliy zakovatga ega va yechim topa oladigan
- Smenali ishlashni qabul qilgan.
Murojaatlarni hr@kani-lab.uz manziliga elektron pochtadan yuborishingizni iltimos qilamiz. Iltimos, murojaatingiz sababini va qancha maosh istashingizni tarjimayi holingizda ko‘rsatib o‘ting. Ushbu ma’lumotlar yozilgan tarjimayi hollar ko‘rib chiqiladi.