Biz Haqimizda
KANI-MED xalqaro sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘z faoliyatini O‘zbekiston, Iroq, O‘mon, Jazoir, Niderlandiya, Vetnam, Ukraina va Polsha kabi ko‘plab mamlakatlarda olib boradi.
KANI-MED Turkiyaning Anqara shahridagi sog‘liqni saqlash sohasidagi faoliyati uchun 1976-yildan beri Turkiya Iqtisodiyot vazirligi tomonidan olti marta mukofotlangan.
2018-yilda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sektoriga KANI-MED HEALTHCARE brendi bilan kirdi va O‘zbekistonda har bir inson o‘zi munosib bo‘lgan tez va sifatli tibbiy yordamga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida ikki viloyatning 30 ta turli nuqtalarida laboratoriya xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.
KANI-MED HEALTHCARE O‘zbekiston xalqiga sifatli va qulay tibbiy yechimlarini taqdim etish missiyasi hamda o‘zining yuqori texnologiyali jihozlari bilan hissa qo‘shishdan faxrlanadi.
Shu missiyadan kelib chiqib, Toshkentdagi Bolalar milliy tibbiyot markazida O‘zbekistondagi birinchi genetik diagnostika laboratoriyasini ochdi.
KANI-MED HEALTHCARE O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sektorining “barcha turkiy respublikalar bilan tibbiy turizmni rivojlantirish” maqsadiga mos ko‘zlovga ega. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasiga kiritgan investitsiyalar orqali ushbu mintaqadagi barcha xalqlarga klinik laboratoriya xizmatlarini taqdim etishni maqsad qilgan.